Homiladorlikni rejalashtirishda yordam beradigan nazorat varaqasi

Qulaylik uchun siz uni yuklab olishingiz yoki chop etishingiz mumkin.

Ovqatlanish

◯ 

Foydali ovqatlanish tamoyillariga rioya qiling

Meva va sabzavotlari ko'p bo'lgan yaxshi muvozanatlashtirilgan turli xil ovqatlanish tanangizni tayyorlashga va ahvolingizni yaxshi saqlashga imkon beradi.

 

◯ 

Homilador ayollar uchun vitaminlar qabul qilishni boshlang

Homiladorlikdan keyingi birinchi 6-8 hafta farzandingizning rivojlanishi, shu jumladan uning hayotiy organlarining rivojlanishi uchun juda muhimdir. Shunga qaramay, aksariyat ayollar homiladorlik haqida faqat hayz ko'rish kechikishi bilan bilib olishadi va bu davrda chaqaloq bir necha hafta davomida rivojlanib ulguradi

Sizning ehtiyojlaringizni va o`sib borayotgan chaqaloqning ehtiyojlarini qondirish uchun tanada vitamin-mineral zahirasini yaratish vaqtni talab qilishi mumkin va har doim ham sizga kerak bo'lgan hamma narsani faqat ovqatdan olishingiz mumkin emas. Elevit kabi homilador ayollar uchun vitamin-mineral kompleksini qabul qilish tanaga kerakli ozuqa moddalarini yetkazib berishga yordam beradi va ona-bolaning ehtiyojlarini qondiradi. Elevitni homiladorlik boshlanishidan taxminan kamida 1 oy oldin qabul qilishni boshlash muhimdir.

 

Hayot tarzi

◯ 

Vazningizni nazorat qiling

Normal vazn erkak va ayol uchun muhim ahamiyatga ega, chunki kam yoki ortiqcha vazn homilador bo'lish ehtimoliga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Optimal tana vazni indeksining (TVI) 18,5 dan 24,99 gacha bo'lishiga harakat qiling

(TVI quyidagi formula yordamida mustaqil ravishda hisoblanishi mumkin:
TVI = vazn kgda/bo`y m2da)
Masalan, vazni 61 kg, bo`yi 1,60 m bo`lgan ayolning TVI= 23.8 ga teng) Agar sizning vazningiz tuzatishni talab qilsa, bu muammoni rejalashtirilgan homiladorlikdan kamida 2-3 oy oldin hal qilishga harakat qiling, chunki vaznning katta o'zgarishi gormonal sharoitga ta'sir qiladi.

 

◯ 

Yomon odatlarni tark eting

Homilador bo'lishga urinishlar, homiladorlik va emizish davrida spirtli ichimliklar ichish va chekishdan butunlay voz kechish eng to'g'ri qaror bo'ladi.
 
Erkaklarga ham urug'ining sog'lom tarkibga ega bo'lishi uchun chekish va spirtli ichimliklarni ortiqcha iste'mol qilishdan tiyilishlari tavsiya etiladi.

 

◯ 

Kofein iste'mol qilishni kamaytiring.

Kofein iste'molini kuniga maksimal 100 mg bilan cheklashga harakat qiling, bu taxminan 1 porsiya espressoga to'g'ri keladi. Kofeinning shokolad, choy, ba'zi salqin va energetik ichimliklarda ham mavjudligini unutmang.

 

◯ 

Kamroq asabiylashishga harakat qiling

Stress munosabatlaringizga salbiy ta'sir ko'rsatishi va jinsiy istakni kamaytirishi mumkin. Agar dam olishingiz kerak bo'lsa, yoga va meditatsiya kabi stressni boshqarish usullarini sinab ko'ring.

 

◯ 

Jismoniy faol bo'ling

Faol turmush tarzi va muntazam ravishda o'rtacha qiyin jismoniy mashqlar mushaklarni faollashtirishga va qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi. Nega buni turmush o'rtog'ingiz bilan qilmaysiz?

 

Homilador bo`lish ehtimolini oshirish

◯ 

Ovulyatsiya vaqtini kuzatib boring

Ovulyatsiyaning mumkin bo'lgan vaqtini bilib, siz homilador bo'lish uchun eng yaxshi vaqtni belgilashingiz mumkin. Bizning ilovamizdan foydalaning yoki ovulyatsiyani aniqlash uchun dorixonadan test sotib oling, bu sizga homilador bo'lish uchun eng qulay kunlarni bilish va homilador bo'lish ehtimolini oshirishga yordam beradi.

 

◯ 

Muntazam ravishda jinsiy aloqa qiling, lekin har kuni emas

Ko'pgina er-xotinlar ovulyatsiya uchun o'zlarini "saqlab", homilador bo'lish uchun jinsiy aloqa faqat belgilangan vaqtdagina samarali bo'lishiga ishonadilar. Va bu haqiqatan ham shunday, lekin faqat ovulyatsiya vaqtida emas, balki har doim xohlagan vaqtingizda sevishing.

Muntazam jinsiy aloqa spermatozoidlarning harakatchanligini oshiradi, ammo kundalik jinsiy aloqa (kundalik eyakulyatsiya) bilan sperma sifati va miqdori kamayadi.

Tuxumhujayralarning umri faqat bir kun, spermatozoidalar esa bachadon naychalarida 5 kungacha tirik bo'ladi (jinsiy aloqadan keyingi har bir kunda spermatozoidlarning umri qisqaradi), shuning uchun 2-3 kunda bir marta jinsiy aloqa qilish maqbuldir – shunday qilib, sizning siklingiz muntazam bo'lmasa ham, ovulyatsiya paytida homilador bo'lish ehtimolini oshirasiz.
 

 

◯ 

Poza qanchalik muhim ahamiyatga ega?

: Jinsiy pozalarning faqat bir qismi homilador bo'lishga imkon beradi, degan umumiy fikrga qaramasdan, aslida bunday emas.

Tabiat bizdan ko'ra ancha aqlli va spermatozoidlarda tuxumhujayra tomon tez harakat qilish uchun maxsus qivchinlari bor, shuning uchun siz jinsiy aloqadan har qanday qulay pozada bahramand bo'lishingiz mumkin! Ammo, jinsiy aloqadan so'ng, bir necha daqiqa chalqancha yotishga va dam olishga harakat qiling, spermani tortishish kuchiga qarshi ishlashga majburlamang.

 

◯ 

Turmush o'rtog'ingizga maslahatlar

Turmush o'rtog'ingizga chovi qizib ketmasligini maslahat bering (hammomga borish, issiq suvda cho'milish, tez-tez velosiped haydash, noutbukni tizzaga qo'yish odati, shuningdek, tor ichki kiyim kiyish). Sperma uchun optimal harorat tana haroratidan past bo'lib, +33-35 C ni tashkil etadi, shuning uchun tez-tez qizib ketganda spermatozoidlar harakatchanligi kamayadi, bu esa homilador bo'lish imkoniyatini kamaytiradi.
 

 

◯ 

Bir -biringizni seving va baxtli bo'ling!

Siyqasi chiqqan maslahat bo'lishiga qaramasdan, ko'plab er-xotinlar homilador bo'lish uchun bir necha muvaffaqiyatsiz urinishlardan so'ng, natijaga to'liq e'tibor qaratishadi, jadvalga muvofiq yashaydilar va natijada ular sevishishdan lazzatlanmaydilar. Va katt xatoga yo'l qo'yadilar, chunki ko'plab tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, baxt gormonlari ikkala juftlikka ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi va homilador bo'lish ehtimolini oshiradi.

Shuni esda tutingki, ko'pgina juftliklar himoyalanmagan jinsiy aloqada bo'lganidan keyin bir yil ichida homilador bo'lishadi va faqat uzoq vaqt davomida homilador bo'lmaslik muammosini aniqlash uchun shifokorga borishadi.

Kamroq asabiylashishga harakat qiling, bir-biringizni seving, yashang, har kungi kuningizdan zavqlaning va muvaffaqiyatga erishishingizga aminmiz!
 

 

Muhim tibbiy ko'riklar

◯ 

Ginekologga borish

Homilador bo'lishga urinish haqida shifokor bilan gaplashing. Shifokor sizga kerakli tahlillar va homilador bo'lishga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan dorilar haqida muhim maslahatlar berishi mumkin. Agar siz kontratseptiv dorilarni qabul qilayotgan bo'lsangiz, ularni qabul qilishni to'xtatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
 

 

◯ 

Tish shifokoriga borish

Og'iz bo'shlig'ingiz sog'lom ekanligiga ishonch hosil qilish uchun tish shifokoriga boring. Homiladorlik va emizish paytida tish va milklarni davolash uchun zarur bo'lgan ko'plab dori-darmonlarni qabul qila olmaysiz, shuning uchun homilador bo'lishga urinishdan oldin kerakli muolajalarni oling.

 

◯ 

Va nihoyat...

Homilador bo'lish rejalaringizga omad tilaymiz! Birgalikda dam olishni va vaqt o'tkazishni unutmang, chunki sizni oldinda ajoyib sayohat kutmoqda.
 

CH-20230227-54

Elevit Pronatal (Dorivor vosita) - Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud, qo‘llashdan avval mutaxassis bilan maslahatlashing

Elevit 1 trimestr (Biologik faol qo‘shimcha) – Dori vositasi bo`lib hisoblanmaydi.BFQ . Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar mavjud