Homiladorlik vaqtida qanday oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish kerak?
Homiladorlik vaqtida nima iste'mol qilayotganingizni anglash zarur Homiladorlik vaqtidagi muvozanatlashgan ratsion Sizning salomatligingizni muhofaza qiladi hamda chaqaloqqa rivojlanishi uchun zarur bo'lgan ozuqani ta'minlaydi.
Qanday oziq-ovqat mahsulotlarni iste'mol qilish zarur?
Homiladorlik paytida nima iste'mol qilayotganingizni bilish juda muhim, shuning uchun ovqatlanishingiz sifatiga e'tibor qaratishga harakat qiling.
Homiladorlik vaqtida quyidagi miqdorlarda beshta asosiy oziq-ovqat guruhlari mahsulotlarini iste'mol qilish tavsiya etiladi
Oziq-ovqat guruhi | Kunlik tavsiya etilgan minimal iste'mol (KMI) | Porsiya hajmi |
---|---|---|
Sabzavotlar | Har xil turdagi va rangdagi 5 ta porsiya |
Standart porsiya - taxminan 75 g, tarkibi:
|
Mevalar | 2 porsiya |
Standart porsiya - taxminan 150 g, tarkibi:
|
Don mahsulotlari (non, dukkaklilar, guruch, makaron, suli va boshqalar) | 8,5 porsiya, ko'p donli dukkaklilar / kletchatka miqdori yuqori bo'lgani ma'qul |
Standart porsiya, tarkibi:
|
Yog'siz go'sht va parranda go'shti, baliq, tuxum, yong'oq va pista | 3,5 porsiya |
Standart porsiya, tarkibi:
|
Fermentlangan sut mahsulotlari (kefir, sut, qatiq, pishloq va boshqalar) | 2.5 porsiya, asosan yog'i kam bo'lgan mahsulotlar |
Standart porsiya tarkibi:
|
Sog'lom ovqatlanish rejasiga qo'shimcha ravishda, quyidagi maslahatlarni tavsiya qilamiz:
- Sariyog' va qaymoq kabi to'yingan yog'larni kamaytiring va ularni o'simlik yog'lari kabi to'yinmagan yog'lar bilan almashtirishga harakat qiling.
- Texnologik qayta ishov berilgan va tez tayyorlanadigan ovqatlarni kamaytiring, chunki ularning tarkibida to'yingan yog', tuz va shakar ko'p miqdorda mavjud . Olib ketiladigan (fast food) ovqatlarni cheklang va pechenye, pirojnoe, chips, shirinliklar va gazli ichimliklar iste'mol qilmang.
- Ovqat hazm qilish va toksinlarni yo'q qilish uchun ko'proq suv iching. Ich qotishining oldini olish va suyuqlik darajasini saqlab qolish uchun kuniga kamida 2 litr suv iching.
Homilador ayollar uchun muhim maslahatlar
Homiladorlik paytida o'z vazningizni nazorat qilish juda muhim, shuning uchun ovqatlanish ratsioningiz sifatiga e'tibor qarating.
Homiladorlik paytida ovqatlanish alohida e'tibor talab qiladi. Quyida bir nechta oddiy, lekin muhim tavsiyalar keltirilgan
- Alkogol iste'mol qilmang Eng xavfsiz variant - homiladorlik va emizish davrida spirtli ichimliklardan voz kechish.
- Tarkibida listeria mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan ovqatlarni iste'mol qilmang. Ovqatlanish ratsioningizdan yumshoq pishloqlar, pashtet, kolbasa mahsulotlari, pishirilgan salatlar, xom yoki dudlangan dengiz mahsulotlari va xom tuxumni chiqarib yuboring Tuxum, go'sht va baliqni pishgan holga keltiring.
- Kofein iste'mol qilishni kamaytiring. Kuniga maksimum 100 mg kofein iste'mol qiling: bu 1 porsiya espresso qahvasi yoki 2 shisha kolaga to'g'ri keladi. Esda tuting, choy, shokolad va energetik ichimliklar tarkibida ham kofein mavjud.
Homiladorlik paytida tez-tez uchraydigan holatlar bilan qanday kurashish kerak
Ertalabki lohaslik
Homiladorlikning 1-trimestrida ayollarning1 80% gacha qismi ko'ngil aynishi va qayt qilish kabi alomatlarga ega ertalabki lohaslikka duchor bo'ladi. Ayollar turlicha bo'ladi, lekin quyidagi uslublardan qaysi biridir Sizga to'g'ri kelishi mumkin.
- Ko'nglingiz aynishiga sabab bo'ladigan hid va oziq-ovqat manbalaridan uzoq turing.
- Alomatlarni nima yengillashtirishini bilish uchun turli ovqatlar va ichimliklarni tatib ko'ring. Masalan, ba'zi ayollar ertalab zanjabil choyi yoki limonli choy ichishadi.
- Kun davomida vaqti-vaqti bilan oz-ozdan ovqatlaning. Bu ko'ngil aynish hissini yengillashtirishi yoki yo'qotishi mumkin.
- Non, guruch va qattiq bug'doydan tayyorlangan makaron kabi kletchatkaga boy ovqatlar iste'mol qiling. Pishloq kabi oqsilga boy taomlarni iste'mol qilib ko'rishingiz mumkin.
- Gaz hosil qiladigan yog'li, achchiq ovqatlar va sabzavotlarni iste'mol qilmang.
- Suvsizlanishning oldini olish uchun kuniga kamida 2 litr suv iching.
- Kechqurun homilador ayollar uchun vitamin-mineral kompleksini qabul qilishga harakat qiling, chunki bu ertalabki lohaslik alomatlarini yengillashtirishi mumkin.
Jig'ildon qaynashi
Kislotali hazm bo'lmaslik yoki jig'ildon qaynashi homiladorlikning 2 va 3-trimestrlari uchun odatiy holat, chunki o'sayotgan chaqaloq sekin ishlayotgan ovqat hazm qilish tizimiga bosim o'tkazadi. Jig'ildon qaynashini yengillashtirish uchun quyidagi tavsiyalarni sinab ko'ring.
- Ovqat hazm qilish tizimini haddan tashqari zo'riqtirmaslik uchun vaqti-vaqti bilan oz miqdorlarda ovqatlaning.
- Oshqozon shilliq qavatiga ziyon yetkazadigan qovurilgan, achchiq va yog'li ovqatlardan saqlaning.
- Qorin shishib ketishining oldini olish uchun ovqat ketidan kamroq suv iching. Eng yaxshisi ovqatlanishlar orasida ichimlik iste'mol qiling
- Ovqatdan keyin bir necha soat yotgan holatda dam olmang.
- Qorin va ko'krak qismlarini siqmaydigan keng kiyimlar kiying
- Uxlayotganingizda, boshingiz ostiga ikkita yostiq qo'ying, shunda qoriningiz boshingizdan pastda bo'ladi.
- Homiladorlik paytida ishlatilishi mumkin bo'lgan antatsidlarni, masalan, Renni preparatini qabul qiling
Ich qotishi
Gormonlarning birgalikdagi ta'siri, faollikning pasayishi, bolaning vazni va bo'yining o'sishi ich qotishiga olib kelishi mumkin. Shifokor tavsiyasisiz surgi vositalarini qabul qilmang. Yaxshisi, ovqatlanish ratsioningiz va hayot tarzingizni to'g'rilang.
- Ko'p donli dukkaklilar, yangi meva va sabzavotlar kabi kletchatkaga boy ovqatlar iste'mol qiling.
- Dietologlar kuniga taxminan 30 gramm kletchatka iste'mol qilishni maslahat berishadi.
- Ichak bo'shashini yengillashtirish uchun ko'proq suv iching.
- Muntazam ravishda jismoniy mashqlar qiling - hatto erta tongda sekinlik bilan yurish ham foydali.
Oziq-ovqatga moyillik va xushlamaslik
Homiladorlik paytida didingiz o'zgarishi mumkin. O'zingizni ba'zi ovqatlarni yoki umuman hech narsa iste'mol qilishni xohlamayotgandek his qilishingiz mumkin! Bu odatda muammo emas (agar siz, masalan, bo'r yeyishni xohlamasangiz). Agar shubhalansangiz, shifokorga murojaat qiling.
Hayot tarzingizning boshqa tomonlarini o'zgartirish talab qilinishi mumkin
Homiladorlik paytida nima yeyish kerakligini bilish juda muhim, lekin faqat bunigina hisobga olish yetarli emas. Bo'lg'usi onalar uchun hayot tarzi bo'yicha maslahatlarimizni o'qing. Ba'zi odatlaringizni o'zgartirishingiz kerakligini bilib hayron bo'lishingiz mumkin.
- Oshqozon-ichak trakti kasalliklari bo'yicha mutaxassislar guruhi Terapevtik qo'llanma: oshqozon-ichak trakti kasalliklari 5-versiya. Melburn: Therapeutic Guidelines Limited; 2011 y
CH-20230227-54