Homiladorligingizdan zavqlanish uchun 12 ta maslahat

Homilador bo'lganingizda, bolangizning sog'lom rivojlanishiga imkon beradigan turmush tarzini kechirish muhim ahamiyatga ega. Faollikni saqlab qolish va yaxshi ovqatlanish muhim, shuningdek, ba'zi odatlarni qayta ko'rib chiqish kerak bo'lishi mumkin.

Bizning 12 ta maslahatimiz sizga kundalik hayotingizdagi kichik o'zgarishlar sog'lom homiladorlikdan zavqlanishingizni tushunishga yordam beradi.

1. Yaxshi muvozanatlashtirilgan ovqatlanish rasioniga rioya qiling

Bo'lajak ona sifatida sizga kletchatka va oz miqdordagi yog'ni o'z ichiga olgan sog'lom ovqatlar foydali bo'ladi, bu sizni energiya bilan ta'minlaydi va sizning ozuqaviy ehtiyojlaringizni va o'sib borayotgan chaqaloqning ehtiyojlarini qondiradi.

Homiladorlik davrida yaxshi muvozanatlashtirilgan turli xil ovqatlanish raеsioni foydalidir, shuningdek, qaysi ovqatlarni iste'mol qilmaslik kerakligini esda tutish muhimdir

icon_quote

 

2. Ba'zi oziq -ovqat va ichimliklardan voz keching yoki kamaytiring

Homiladorlik davrida ba'zi oziq-ovqat va ichimliklar iste'molini kamaytirish yoki istisno qilish kerak. Spirtli ichimliklar va ba'zi tansiq taomlarni butunlay iste'moldan chiqarib tashlash kerak. Noxush oqibatlarning oldini olish uchun qahvani faqat oz miqdorda iste'mol qilish mumkin. Ovqatlanish sahifasida ko'proq ma'lumot oling.

3. Homiladorlik davrida homilador ayollar uchun vitamin-mineral kompleksi bo'lgan Elevitni qabul qiling

Homiladorlik davrida tavsiya etilgan ba'zi vitaminlar va minerallarni iste'mol qilish darajasi 188%1ga oshadi. To'liq muvozanatlashtirilgan ovqatlanishga qaramasdan, bunday ehtiyojni faqat yeyayotgan ovqatlaringiz tufayli qondirish qiyin, chunki pishgan holga keltirilgan oziq-ovqat, uzoq muddat saqlash, mineral o'g'itlardan foydalanish – oziq-ovqat tarkibidagi vitaminlar va minerallarning miqdorini kamaytiradi. Elevit eng muhim vitaminlar va minerallarni o'z ichiga oladi, buning natijasida vitamin va minerallarga ortib borayotgan ehtiyojlar qondiriladi.

Elevit tarkibida folat kislotasi va temirning optimal miqdori mavjud. Folat kislotasi nerv naychasida nuqsonlar paydo bo'lish xavfini kamaytiradi, temir esa temir tanqisligi kamqonligining oldini olishga yordam beradi.

4. Gigiyenaga rioya qiling

Qo'llarni yuvish, oshxona sirtlarini toza saqlash, yangi meva va sabzavotlarni yuvish, oziq-ovqat mahsulotlarini yaxshilab qayta ishlash va tegishli haroratda saqlash kabi oddiy chora-tadbirlar sizning sog'lig'ingizni va tug'ilajak bolaning sog'lig'ini saqlab qoladi.

5. Homilador va emizikli ayollar uchun mashg'ulotlarga qatnashing

Ushbu guruh mashg'ulotlari bo'lajak onalarni kelgusi tug'ruq va ular to'qnashishi mumkin bo'lgan notanish vaziyatlarga tayyorlaydi. Bunday mashg'ulotlar dasturi ko'plab mintaqalarda mahalliy xotin-qizlarga maslahat berish markazlari tomonidan tashkil etiladi, yirik shaharlarda esa bo'lajak onalar uchun pullik maktablar ham mavjud.

: 6. Ertalabki lohaslikni qanday yengish mumkin?

Ertalabki lohaslik sizning turmush tarzingizga ta'sir qilishi mumkin. Ertalabki lohaslik belgilari — ko'ngil aynishi va qayt qilishlarning takrorlanishi va og'irligini kamaytirishga yordam beradigan foydali maslahatlar mavjud. Elevit Pronatal ertalabki lohaslik (ko'ngil aynishi va qayt qilish) belgilarini 54% ga kamaytirganligi klinik jihatdan isbotlangan*.

7. Qabziyat va jig'ildon qaynashini bartaraf etish

Во время беременности многие системы организма изменяют режим работы, и желудочно-кишечный тракт – не исключение. Многие женщины жалуются на запоры и изжогу – принести облегчение могут средства, назначаемые при подобных жалобах.

8. Muntazam ravishda jismoniy mashqlar qiling

Homiladorlik davrida yaxshi jismoniy holatni ta'minlash, stress darajasini pasaytirish va tug'ishga tayyorgarlik ko'rishga yordam beruvchi faollikni saqlab qolish muhimdir. Kuniga kamida 30 daqiqa o'rtacha qiyin bo'lgan jismoniy mashqlar, masalan, yurish yoki suzish bilan shug'ullanishga harakat qiling. Agar siz allaqachon muntazam ravishda jismoniy mashqlar qilsangiz, ularni kamaytirish talab qilinishi mumkin. Quvvatni oshirish mashqlari, kontakt sport turlari, shuningdek, jarohat olish ehtimoli bo'lgan faollikni endi qilmaslik kerak

9. Chanoq bo'shlig'i mushaklarini mashq qildirishni boshlang

Homiladorlik rivojlanishi bilan chanoq bo'shlig'ining mushaklari kengaya boshlaydi. Homiladorlik davrida va chaqaloq tug'ilgandan keyin qovuqni mustahkamlashga yordam beradigan chanoq bo'shlig'i mushaklari uchun mashqlarini kundalik mashg'ulotlarga qo'shing.

10. Spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar va tamaki iste'mol qilishdan saqlaning

Homilador bo'lishga urinishlar, homiladorlik va emizish davrida spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste'mol qilishdan butunlay voz kechish eng xavfsiz yechimdir. Agar siz hali chekishni tashlamagan bo'lsangiz, homilador ekanligingizni bilganingizdan keyin, buni qilish tavsiya etiladi.

Homiladorlik davrida yaxshi jismoniy holatni ta'minlash, stress darajasini pasaytirish va tug'ishga tayyorgarlik ko'rishga yordam beruvchi faollikni saqlab qolish muhimdir.

icon_quote

 

11. Tishlaringiz va milklaringizga ko'proq e'tibor bering

Homiladorlik paytida tish cho'tkasi va tish ipidan ehtiyotkorlik bilan foydalaning, chunki milklaringiz endi ta'sirchan bo'li, qonab ketishi mumkin. Agar ertalab ko'ngilingiz aynigan bo'lsa, og'zingizni suv bilan chayqab, kislota ta'sirini kamaytirish uchun tishlaringizni darhol tozalamay turing. Agar siz uzoq vaqt davomida tish shifokoriga bormagan bo'lsangiz, buni hoziroq qiling-2 va 3 trimestrlarida anesteziya bilan kariyesni davolashga ruxsat beriladi. Ishoning, buni tug'ruqdan keyin emas, balki hozir qilgan ma'qul, chunki u paytda o'zingizga qarash uchun vaqtingiz kam bo'ladi.

12. Uy hayvoningizni o'pmang

Agar sizda it yoki mushuk bo'lsa, ularni yaxshi ko'rsangiz ham, uy hayvonlaringizni o'pishdan saqlaning, ularning idishlarini rezina qo'lqop bilan yuving yoki boshqa birovdan bu ishni bajarishni so'rang, chunki idishning ichida zararli bakteriyalar bo'lishi mumkin. Agar siz bog'da ishlayotgan bo'lsangiz, buni qo'lqop bilan qilganingiz yaxshiroqdir.

Homiladorlik paytida barcha ishlar va tashvishlarni ushbu nazorat ro'yxati yordamida muvaffaqiyatli uddalang...
Biz homiladorlik paytingizda nima qilish kerakligi haqida to'liq ro'yxatni tuzdik. Bizning homilador ayollar uchun qulay nazorat varaqamizni o'qing va chop eting hamda u bilan solishtiring.

* 2014 - yil mart holatiga ko'ra
  1. . Sog'liqni saqlash va tibbiy tadqiqotlar milliy kengashi. Avstraliya va Yangi Zelandiya uchun ozuqaviy qiymatlar haqida ma'lumotlar va tavsiya etilgan ovqatlanish ratsioni, 2006.

CH-20230227-54

Elevit Pronatal (Dorivor vosita) - Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud, qo‘llashdan avval mutaxassis bilan maslahatlashing

Elevit 1 trimestr (Biologik faol qo‘shimcha) – Dori vositasi bo`lib hisoblanmaydi.BFQ . Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar mavjud