Nihoyat chaqaloq tug’ildi!

Kichkina odamcha allaqachon tug'ilganiga qaramay, organizimingizni to'liq tiklanishi uchun yana bir necha oy kerak bo'ladi. Bu davr bir qator fiziologik o'zgarishlar bilan bog'liq.

Bachadon qisqarishi

Sizning bachadoningiz havo shari kabi kengaygan va normal hajmiga qaytish uchun bir necha hafta kerak bo'ladi. Bachadoningiz qisqarganda, siz hayz ko'rish payitidagi og’riqlariga o'xshash og'riqni his qilishingiz mumkin.

Qon ketishi

Tug'riqdan keyin 2-4 hafta davomida siz hayz ko'rish hisoblanmaydigan "qon ajralmalari" deb ataladigan vaginal qon ketishni kuzatiladi. Tug'ruq fiziologik yoki kesarev kesishi bo'lganidan qat'iy nazar, qon ajralmalari mavjud bo’ladi. Tug'ruqdan keyingi dastlabki 12-24 soat ichida qon ketishi juda kuchli bo'ladi, ammo bir necha kundan keyin ajralmalar pushti-jigarrang va oxir-oqibat oq rangga aylanadi.
 
Agar siz emizayotgan bo'lsangiz, emizishni to'xtatmaguningizcha, hayz ko'rish tiklanmaydi. Agar siz emizmasangiz, u tug’ruqdan keyin 4 hafta o'tgach tiklanadi.

Gemorroy

Gemorroy ko'pincha tug'ruqdan keyin paydo bo'ladi va odatda bir necha kundan keyin yo'qoladi. Meva, sabzavot, to'liq don kabi kletchatkaga boy oziq-ovqatlarni ko'proq iste'mol qilishga harakat qiling va ko'p miqdorda suv iching - bu qabziyatni kamaytiradi bu esa gemorroy xavfini kamaytirishga yordam beradi. Agar sizga simptomlarni bartaraf etish kerak bo'lsa, gemorroyga optimal dori tanlash uchun shifokoringizga murojaat qiling.

To’satdan siydik oqib qolishini bartaraf qilish uchun har kuni tos bo'shlig'i mashqlarini bajarishni davom eting.

icon_quote

Tos bo'shlig'i mushaklarining zaifligi

So'nggi oylarda tos bo'shlig'i mushaklari juda ko'p ish bajarganligi sababli biroz zaiflashgan bo'lishi mumkin. Siydik oqmasligi uchun har kuni tos bo'shlig'i mashqlarini bajarishda davom eting.

Ona suti

Tug'ruqdan keyin bir necha kun davomida sizning ko'kraklaringizda yangi tug'ilgan chaqaloq uchun muhim oziqaviy moddalar va antitelolarga boy bo’lgan og'u suti hosil bo’ladi. Ona suti odatda tug'ruqdan so’ng 2-3 kun o'tgach paydo bo'ladi. Agar siz emizayotgan bo'lsangiz, birinchi haftada sizda kuniga 300-500 ml sut hosil bo’ladi, keyin sut miqdori bolaning ehtiyojlariga qarab kuniga 600-700 ml gacha oshadi.

Ona suti

Ona suti bilan emizish

Shifokorlar, iloji bo'lsa, chaqaloqni ona suti bilan emizishni tavsiya qiladilar. Bu siz uchun ham, bolangiz uchun ham foydali.

Muhim eslatma: ona suti chaqalog'ingiz uchun eng yaxshi ozuqadir. Ammo emizishga qaror qilishdan oldin, shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Emizish davrida so’rg’ichlar yoriqlar paydo bo'lishining oldini olish uchun Bepanten surtmasini qo'llang. Ushbu vosita nafaqat ularning paydo bo'lishining oldini olishga yordam beradi, balki areolalarning qizarishini kamaytiradi va emizish jarayonida og'riq hissini kamaytiradi *.

L.RU.MKT.CC.06.2017.1829.

бепантен

4 hafta o'tgach, chaqaloq malum bir ovqatlanish tartibiga tushib oladi va siz kuningizni ovqatlanish jadvaliga muvofiq tashkil qilishingiz mumkin.

icon_quote

Har bir bola o’z emizish tartibiga ega.

Bola hayotining birinchi haftalarida emizishda kuniga 8-12 marta ovqatlanish talab qilinishi mumkin. Sun'iy oziqlantirish bilan bolalar bir oz kamroq ovqatlanadilar, dastlab kuniga 8 marta.

4 hafta o'tgach, chaqaloq malum bir ovqatlanish tartibiga tushib oladi va siz kuningizni ovqatlanish jadvaliga muvofiq tashkil qilishingiz mumkin.

Agar siz emizayotgan bo'lsangiz, to'g'ri emizish texnikasini o'rganib olishingiz uchun vaqt kerak bo'lishi mumkin. Muammolarga duch kelsangiz, mutaxassisga murojaat qiling.

Agar siz chaqaloqni ovqatlantirish vaqtida uning yonida bo'lolmasangiz, sutni ko'krak molokootsos (sutni sog’ish uskunasi yordamida) yordamida sog'ib, oziqlantirish uchun saqlashingiz mumkin.

Jinsiy hayotni tiklanishi

Bola tug'ilgandan keyingi birinchi haftalarda yoki oylarda jinsiy aloqa qilish istagi yo'qligi normal hisoblanadi. Jismoniy tiklanishingiz vaqt talab qiladi , siz kuchlik charchoqni his qilishingiz va jinsuy aloqaga kam etibor berayotganingizni his qilishingiz mumkin. Jinsiy faoliyatni davom ettirish uchun optimal vaqt haqida shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Agar siz hozirda homiladorlikni rejalashtirmayotgan bo'lsangiz, tegishli kontratseptsiya usulidan foydalaning. Emiziklik davrida homiladorlik sodir bo'lishi mumkin emas degan noto'g'ri tushuncha mavjud. Ba'zi ayollarda bu davrda ovulyatsiya bo’ladi. Siz uchun eng optimal kontratseptiya variantlari haqida shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Yosh ona uchun qo’shimcha maslahatlar

Endi siz chaqalog'ingiz tug'ilgandan keyingi davrda organizimingiz holatini yaxshiroq tushunaman deb ayta olasizmi? Onalikning birinchi eng qadrli oylarida yana nimalar kutish mumkinligini bilishni istaysizmi? Yosh ota-onalar uchun turli maslahatlar uchun turmush tarzi bo'yicha maslahatlar sahifamizga tashrif buyuring.

 

Manbalar

* Tyutyunnik V.L. Emizikli onalarda ko`krak yoriqlari, ularni davolash va oldini olish usullari // RMJ. - 2004. - No 5. - b. 1–3.

1. 2013-yil, 20-mart, 2014-yil Avstraliya dietasi boʻyicha koʻrsatmalarning qisqacha mazmuni

CH-20230227-54

Elevit Pronatal (Dorivor vosita) - Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud, qo‘llashdan avval mutaxassis bilan maslahatlashing

Elevit 1 trimestr (Biologik faol qo‘shimcha) – Dori vositasi bo`lib hisoblanmaydi.BFQ . Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar mavjud