Oila qurish uchun 11 ta maslahat
Homilador bo'lish ehtimoli, shu jumladan, ovqatlanish ratsioningiz, vazningiz, yomon odatlaringiz va jismoniy faollik darajangiz kabi bir qator omillarga bog'liq. Agar siz homilador bo'lish imkoniyatini oshirishni istasangiz, ba'zi bir odatlaringizni o'zgartirishingizga to'g'ri keladi.
Ushbu 11 ta maslahat sizga va turmush o'rtog'ingizga oilangizni kengaytirish uchun tayyorgarlik ko'rishga yordam beradi.
O'zingizga e'tibor bering
1. To'g'ri ovqatlaning
Ko'p miqdorda yangi meva va sabzavotlar, hayvon oqsillari, donli mahsulotlar, sut mahsulotlari va ko'p miqdorda suvdan iborat, yaxshi muvozanatlashtirilgan ovqatlanish ratsioni kerak. Bo'lajak onaning yaxshi ovqatlanishi chaqaloqning sog'lom rivojlanishi kafolatidir. Spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar, tarkibida listeriya (yumshoq pishloqlar, sovuq go'shtlar, tayyor salatlar va xom tuxumlar) bo'lishi mumkin bo'lgan ovqatlarni va pishmagan baliqlarni iste'mol qilmaslikka harakat qiling, chunki ularni iste'mol qilish homilador bo'lish va homiladorlik vaqtida muammolarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, kunlik kofein iste'molini kamaytirish tavsiya etiladi. Ovqatlanish sahifasida ko'proq ma'lumot oling.
2. Homiladorlikni rejalashtirayotganda maxsus vitamin-mineral kompleksini qabul qiling
Homiladorlikning dastlabki haftalarida bolaning muhim organlari shakllana boshlaydi, ammo bu davrda siz homiladorligingizni hali bilmasligingiz mumkin, shuning uchun homilador bo'lishdan kamida bir oy oldin homilador ayollar uchun kunlik qo'shimchalarni iste'mol qilishni boshlash kerak.
Homiladorlikning dastlabki haftalarida bolaning muhim organlari shakllana boshlaydi, ammo bu davrda siz homiladorligingizni hali bilmasligingiz mumkin, shuning uchun homilador bo'lishdan kamida bir oy oldin homilador ayollar uchun kunlik qo'shimchalarni iste'mol qilishni boshlash kerak.minerallarning miqdorini kamaytiradi. Homilador ayollar uchun Elevit kompleksini qabul qilish, organizmga zarur vitaminlar va minerallarning kirib kelishiga yordam beradi va ona-bolaning ehtiyojlarini qondiradi.
3. Sog'lig'ingizni saqlang va gigiena qoidalariga rioya qiling
Oziq-ovqat mahsulotlarini to'g'ri tayyorlash orqali ovqatdan zaharlanish ehtimolini kamaytiring. Oshxona anjomlari va sirtlarining tozaligini saqlang, qo'llaringizni, shuningdek meva va sabzavotlarni yaxshilab yuving, go'sht va baliq mahsulotlarini pishgan holatga keltiring va ularni tegishli haroratda saqlang.
4. Muntazam ravishda jismoniy mashqlar qiling
Jismoniy faollikni saqlash, ayrim surunkali kasalliklar xavfini kamaytiradi va ahvolingizni yaxshilaydi.
Sport zaliga bormasangiz ham, jismoniy faolligingizni boshqa yo'llar bilan saqlang: lift o'rniga zinapoyadan foydalaning, qisqa masofalarga transport o'rniga piyoda yurishni afzal ko'ring. Har kuni kamida 30 daqiqa o'rtacha intensivlikdagi jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishga, masalan, tez yurish yoki suzishga harakat qiling
Ammo har bir narsada me'yorni bilish muhimdir - juda ko'p yuk tananing gormonal fonini buzishi mumkin, bu esa homilador bo'lishni qiyinlashtiradi.
5. Vazningizni nazorat qiling
Normal vazn erkak va ayol uchun muhim ahamiyatga ega, chunki kam yoki ortiqcha vazn homilador bo'lish ehtimoliga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Optimal tana vazni indeksining (TVI) 18,5 dan 24,99 gacha bo'lishiga harakat qiling (TVI quyidagi formula yordamida mustaqil ravishda hisoblanishi mumkin: TVI = vazn kg da/bo'y m 2 da) Masalan, vazni 61 kg, bo'yi 1,60 m bo'lgan ayolning TVI= 23.8 ga teng) Agar sizning vazningiz tuzatishni talab qilsa, bu muammoni rejalashtirilgan homiladorlikdan kamida 2-3 oy oldin hal qilishga harakat qiling, chunki vaznning katta o'zgarishi gormonal sharoitga ta'sir qiladi.
Stress darajasini pasaytirish homilador bo'lish ehtimolini oshiradi
6. Chekishni tashlang
Chekish bir qator kasalliklarga olib keladi va erkaklar hamda ayollarda farzand ko'rish qobiliyatiga zarali ta'sir ko'rsatishi mumkin. Agar siz yoki turmush o'rtog'ingiz chekuvchi bo'lsangiz, homiladorlikni rejalashtirish ikkalangiz uchun ham chekishni tashlash uchun juda muhim sabab bo'ladi.
7. Stress darajasini kamaytiring
Kundalik hayotning tezligi va homilador bo'lishga urinishlar charchoq va stress hissining paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. Stress darajasini pasaytirish, masalan, dam olish usullarini qo'llash orqali siz homilador bo'lish ehtimolini oshirasiz. Yoga, tay chi yoki meditatsiya bilan shug'ullanish foydalidir.
8. Haddan tashqari qizib ketishdan saqlaning
Agar homilador bo'lishga urinayotgan bo'lsangiz, ortiqcha va tez-tez qizib ketishdan, sauna yoki gidromassajli hammomdan saqlaning. Erkaklar haddan tashqari qizib ketishdan saqlanib, urug' sifatini va spermatozoidlarning miqdorini yaxshilashi mumkin.
Tayyor ekanligingizga ishonch hosil qiling
9. Moliyaviy ahvolingizni baholang
Siz va turmush o'rtog'ingiz kelgusi "sayohat" ga moliyaviy jihatdan tayyorgarlik ko'rishingiz kerak. Ikkalangiz ham moliyaviy barqaror va oilani kengaytirish rejalari bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlarga tayyor ekanligingizga ishonch hosil qiling.
10. Oilangiz tarixi haqida ko'proq bilib oling
Homiladorlikni rejalashtirayotganda oilangizning tarixini bilish muhimdir. Homilador bo'lishga urinishdan oldin, homiladorlik yoki bolaning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash maqsadida shifokor bilan oila a'zolaringizning sog'lig'ini muhokama qilish kerak bo'lishi mumkin.
11. Kelajakka sayohat qilishga tayyormisiz?
Oilani yaratish istiqbollari qiziqarli, ammo kelajak haqida o'ylashdan oldin turmush o'rtog'ingiz bilan suhbatlashib olsangiz yaxshi bo'ladi. Turmush o'rtog'ingiz sizni qo'llab-quvvatlayotganligiga va ikkalangiz ham hissiy jihatdan oila qurishga tayyor ekanligingizga ishonch hosil qiling.
Lekin bu hammasi emas ...
Biz homilador bo'lishga urinishdan oldin nima qilish kerakligining to'liq ro'yxatini tayyorladik. Homiladorlikni rejalashtiruvchilar uchun bizning qulay nazorat varaqamizni o'qing va chop eting, bu sizga ushbu qiziqarli "sayohat"ga tayyorgarlik ko'rishga yordam beradi!
CH-20230227-54