Bolaning yuragi. Sizning baxtingiz olami

Albatta, siz hali ham homilador ekanligingiz haqidagi yangilikdan hayratdasiz. Keyingi muhim yangilik - bu uning yurak urishining boshlanishidir. Ehtimol, tanangizdagi yangi hayot rivojlanishining eng yaxshi isboti, bu uning harakatlanishi va silkinishi hisoblanadi. Bu ovoz esingizdami? U ajoyib. Bu haqiqiy baxtning ovozi. Bolaning tug'ilgan kunida u estafetani boshqa tovush to'lqiniga uzatadi, u sizning hayotingizni "oldingi" va "keyingi" - tug'ilgan bolaning qichqirig'i kabi tovush to'lqiniga ajratadi.

Bu yerda biz homiladorlikning birinchi haftalaridan boshlab kichkina yurak qanday shakllanishi, uning rivojlanishiga qanday omillar ta'sir qilishi va kichkina yurak ichida qanday global voqealar sodir bo'lishi haqida gapirib beramiz.

Yurakning pulslanuvchi naychadan murakkab organga qadar rivojlanishi

Kichkintoyingizda ishlay boshlagan birinchi organ bu yurakdir. U kuchli nasos vazifasini bajaradi, qonni haydab, uni tomirlar bo'ylab oqishiga, barcha to'qimalarga va kichik organizmning har bir hujayrasiga kislorod va ozuqa moddalarini yetkazib berishga majbur qiladi. U, shuningdek, ulardan metabolik mahsulotlarni olib ketadi. Homiladorlikning to'rtinchi haftasi boshida chaqalog'ingiz guruch donasi kattaligiga yetadi va uning yuragi allaqachon ura boshlaydi. Ammo siz uning qisqarishini ultratovush apparati ekranida biroz keyinroq, taxminan 5-6 xaftada ko'rishingiz mumkin bo'ladi1.

Homiladorlikning to'qqiz oyi davomida chaqaloqning yuragi sochdan biroz qalinroq bo'lgan ingichka pulsatsiyalanuvchi naychadan, qon aylanishining katta va kichik doiralari orqali qon haydaydigan to'rt kamerali murakkab organga aylanadi.

Hayotning birinchi haftalaridan boshlab va qolgan vaqt davomida yurak maxsus hujayralar guruhi tufayli qisqaradi. Ular yurakning o'z o'tkazuvchi tizimini - yurak mushagining har bir hujayrasiga yetib boradigan va uning sinxron ishini "boshqaradigan" ko'plab "elektr simlari" ni tashkil qiladi. Maxsus bo'limda, sinus tugunida, yurak bo'lmasi va qorinchasi ichiga darhol uzatiladigan elektr impulslari paydo bo'lib, ularni kerakli ketma-ketlikda siqilishiga majbur qiladi. Kichkintoyingizning yuragi bir daqiqa ham to'xtamasdan, doimiy ravishda uradi. Albatta, u his-tuyg'ular va jismoniy zo'riqishlarni sezadi, sekinlashadi yoki tez -tez qisqaradi. Kardiotokografiya (KTG) paytida chaqalog'ingizning yuragi qanday urishini o'zingiz eshitishingiz mumkin - bu homiladorlikning uchinchi trimestrida bolaning yurak urish tezligini, bachadoningizning qisqarishiga uning reaksiyasini aniqlash uchun o'tkaziladigan tashxis usulidir. Jim o'tirganingizda yoki qimirlayotganingizda, u bilan gaplashganingizda uning yurak ritmi qanday o'zgarishini sezasiz. Bu uzluksiz qisqarish doimiy ravishda qonni tana tomirlari orqali haydaydi va chaqalog'ingiz har doim ozuqa va kislorod oladi2.

Kichkintoyning yuragi doimo o'sib, takomillashib boradi. Qon tomirlari orqali qonni yanada samarali haydash uchun uni vena va arteriya tarmoqlari orqali tarqatish kerak. Yurakda kameralar va klapanlar hosil bo'ladi, buning natijasida uning to'qimalari kislorod va ozuqa moddalariga boy arterial qonni oladi.

Bolaning yuragidan arterial qon aortaga, undan esa - arteriyalar orqali kapillyarlarga oqadi. Ular barcha to'qimalarga ozuqa va kislorod yetkazib beradi. Hujayralar karbonat angidrid va qayta ishlangan moddalarni kichik venulalarga beradi. Keyin kattaroq tomirlar karbonat angidrid va metabolik mahsulotlar bilan to'yingan qonni bitta katta ustki va ostki venaga yetkazib beradi: u to'qimalardan yurakka, atrofdan markazga qon olib boradi. Chaqaloq yurakka kelayotgan venoz qonni kindik va yo'ldosh orqali sizga beradi. U erda u kislorod bilan to'yintirilib, kindik tomirlari orqali bolaga qaytariladi. Hozircha uning o'pkalari ishlamaydi va u atmosfera havosidan kislorod ololmaydi,siz unga kerakli miqdorda kislorod berasiz. Shuning uchun, iloji boricha tez -tez toza havoga chiqishingiz, yurishingiz va faol harakat qilishingiz juda muhimdir. Qancha ko'p kislorod olsangiz, uning miqdori shuncha ko'p bolaga yetib boradi.

Farzandingiz tanasida qon to'g'ri yo'nalishda oqishi uchun, rivojlanishning dastlabki haftalaridan boshlab chaqaloq organizmida yurak ichi to'siqlari va klapanlar hosil bo'ladi. Ular hozirgina oqib chiqqan qonni yurak bo'lmasiga va qorinchalarga qaytishiga yo'l qo'ymaydi. Shunday qilib, qonning bir yo'nalishda oqimi: katta yoki kichik qon aylanish doiralari hosil bo'ladi3.

Har daqiqada sizning yuragingiz o'rtacha 60-80 marta qisqaradi, qorinda bolaning rivojlanishi vaqtida uning yurakchasi har daqiqada 140-160 marta qisqaradi. Bunday farq bolaning hujayralari faolroq bo'linishidan kelib chiqadi, ular bir necha barobar ko'proq kislorod va ozuqa moddalarga muhtoj bo'ladi. Bolaning yuragi qanchalik tez ursa, qon tana bo'ylab shunchalik tez harakat qiladi, hujayralarni oziqlantiradi va ularning tez bo'linishini qo'llab-quvvatlaydi.

Uning yuragi va qon tomirlari tizimi hozir boshqacha ishlaydi. Kislorodga boy qonning katta qismi (hajmning 2/3 qismi) darhol oval darcha orqali o'ng bo'lmadan chap bo'lmaga va u yerdan esa chap qorinchaga va katta qon aylanish doirasiga o'tadi. Oval teshikdan o'tmagan qonning qolgan qismi o'ng bo'lmadan o'ng qorinchaga, u yerdan esa o'pka naychasiga yuboriladi. Bu yerda qon aylanishining kichik doirasi, o'pkaning kislorod olishiga yo'li boshlanadi. Ammo hozir bolaning o'pkasida havo yo'q, ular ishlamaydi va qonni kislorodga to'yintirmaydi. Shuning uchun, chaqaloq qonining bu qismi u sizning bachadoningizda bo'lganida, undagi qon tomiriga yuboriladi. Bu tomir Botalov yoki arterial tomir deb ataladi, u o'pka naychasini aorta bilan bog'laydi. Tomir qonni chaqaloq yuragining o'ng qismidan katta qon aylanish doirasiga qaytaradi.

Demak, chaqalog'ingiz tug'ilishidan oldin uning yuragining ikkala qorinchasi katta qon aylanish doirasi ehtiyojlari uchun ishlaydi. Keyin to'qimalarga kislorod bergan va ulardan karbonat angidridni olgan qon kindik arteriyalari orqali yo'ldoshga qaytadi. Siz bolaga yana kislorod va ozuqa berasiz, qayta ishlangan moddalar va karbonat angidrid sizning qoningizga ketadi.

Mutaxassis sharhi

Hissiyotlar sizni qamrab oladi, siz ichingizdan o'zgarasiz. Ayniqsa, yurakning to'g'ri shakllanishi va rivojlanishiga ta'sir qiluvchi muhim davr - homiladorlikning dastlabki 12 xaftasidir. Bu vaqtda uning asosiy tuzilmalari -kameralar va klapanlar quriadi va shakllanadi. Kichkintoyning yuragi 21-kundan boshlab urishni boshlaydi, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar deyarli darhol buni ko'rsatadi4.

Kichkintoy rivojlanishining to'rtinchi haftasidan boshlab, qorinchalararo va bo'lmalararo devorlar shakllana boshlaydi, 6-7 haftada yurak butunlay to'rt kamerali bo'lib qoladi, ammo bo'lmalararo devorda oval darcha saqlanib qoladi. Homiladorlik davrida u homila qon aylanishida ishtirok etadi5.

Devorlarning o'sishi tugagach, yurakchada klapanlar shakllana boshlaydi va homiladorlikning 38-haftasiga kelib to'liq rivojlanadi. Yurakni maxsus kardiomiotsit hujayralari harakatga keltiradi — u miokard qisqarishini ishga tushiradigan elektr to'lqimalarini hosil qiladi. Keyinchalik ular birlashib, sinus tugunini va yurakning o'tkazuvchi tizimini - yurakning urish tezligi uchun mas'ul bo'lgan hamma narsani hosil qiladi.

Yurakcha ishlay boshlaganda, u yuragingiz bilan bir xil har daqiqada 75-80 marta uradi. Homiladorlikning birinchi oyida uning ishi tezlashadi (har uch kunda taxminan 10 zarbaga) va maksimal darajaga yetadi: har daqiqada 165-185 marta uradi6. 15-haftadan chaqaloq tug'ilgunga qadar ritm sekinlashadi va chastotasi har daqiqada 145 urishga yetadi.

Birinchi nafas va yangi hayot

Kichkintoyingiz tug'ilgandan so'ng, birinchi nafas bilan uning o'pkasi to'g'rilanadi va o'pka naychasining tomirlari orqali ularga qon oqadi. Botallov tomiri kerak bo'lmay qoladi va bir necha kun ichida yopiladi. U bilan birga oval darcha butunlay yopiladi va chaqaloqning qoni katta va kichik qon aylanish doiralari bo'ylab aylanadi.

Kindik tomirlari tug'ilgandan keyin bir necha daqiqa davomida pulsatsiyalanadi, keyin tushib ketadi. To'qqiz oy ichida chaqaloqning yuragi pulsatsiyalanuvchi naychadan to'rt kamerali tuzilishga ega, klapanlar va avtonom boshqaruv tizimi bilan jihozlangan murakkab organga aylanadi.

Ikkita yurak birgalikda uradi

Chaqalog'ingizning yurak urishini birinchi marta eshitganingizda, bu unutilmas tuyg'u bo'ladi. Hissiyotlar sizni qamrab oladi, siz ichingizdan o'zgarasiz. Homiladorlik sizning tanangiz va fikrlaringiz, xatti-harakatlaringiz va his-tuyg'ularingiz butunlay o'zgaradigan noyob holatdir, chunki tez orada chaqaloq paydo bo'ladi. Endi siz har qanday hayajon va yangi voqealarni birgalikda boshdan kechirasiz. Agar yuragingiz urishi tezlashsa, chaqaloqning yuragi ham tezroq uradi. U ham siz bilan quvonadi yoki qayg'uradi. Shuning uchun, xotirjam bo'ling, arzimas narsalar haqida qayg'urmang, o'zingiz uchun eng yoqimli mashg'ulotlarni tanlang: musiqa tinglang, tabiat qo'yniga sayr qiling, bolangiz uchun xonani jihozlang - bu mashg'ulotlar psixo-emotsional sharoitni barqaror saqlashga yordam beradi.

O'zingizni ortiqcha ish va tashvishlardan saqlashga harakat qiling, oila a'zolaringizga vakolatlarni topshiring. Shifokoringiz bilan vazifangizni : har bir trimestrda sizga nima ruxsat berilgan va qanday harakatlardan voz kechishingiz kerakligini muhokama qiling. Ishdan keyin bog'da yoki hiyobonda piyoda yurish foydalidir, lekin agar siz charchagan bo'lsangiz yoki shifokor ko'p yurishni tavsiya qilmasa, uyda qoling, kitob, jurnal o'qing yoki sevimli filmingizni tomosha qiling.

30 haftadan so'ng, tug'ruq ta'tiliga chiqqaningizda, dam olish, yoqimli narsalar va tashvishlar uchun ko'proq vaqt bo'ladi. Ammo esingizda bo'lsin: ta'mirlash, mebelni qayta joylashtirish, og'irliklarni ko'tarish yoki umumiy tozalash ishlari siz uchun emas, qarindoshlaringizdan yordam so'rang.

Kichkintoyingizning yurak sog'lig'iga g'amxo'rlik qilish

Chaqaloqning yuragi to'g'ri o'sishi va rivojlanishiga e'tibor berish muhimdir. Buning uchun ratsioningizni eng foydali mahsulotlar bilan boyiting. Bolaning hujayralari faol bo'linadi, ularga ko'p oziq moddalar, vitaminlar va minerallar kerak. Ushbu "g'ishtlardan" miokardda yangi mushak hujayralari yaratiladi, ular qonni tobora ko'proq miqdorda haydaydi. Oqsilni yetarli darajada iste'mol qilishga e'tibor bering: aynan undan yangi hujayralar quriladi. Yog'siz go'sht, yog'li dengiz baliqlari, dengiz mahsulotlari, tovuq yoki kurka kabi mahsulotlar eng foydali hisoblanadi. Go'shtli ovqatlarni iste'mol qilishning ahamiyati shundaki, ular tarkibida yurakning o'sishi va qon hujayralari tomonidan kislorod tashilishi uchun zarur bo'lgan temir bor.

Biroq, har doim ham ovqatdan olingan temir sizning va o'sayotgan chaqalog'ingizning barcha ehtiyojlarini qoplash uchun yetarli bo'lavermaydi. U yurak hujayralarini qurish va eritrotsitlar (kislorod tashuvchi qizil qon tanachalari) hosil bo'lishida faol ishlatiladi, shuning uchun tarkibida temir bo'lgan vitamin va mineral qo'shimchalari uning zaxirasini to'ldirishga yordam beradi.

Endi sizga yog'lar, ayniqsa to'yinmagan yog'lar kerak. Chaqaloq yuragi uchun muhim bo'lgan omega kislotalarni o'z ichiga olgan baliqlardan tashqari, sizga zaytun, kungaboqar, zig'ir kabi o'simlik yog'lari kerak.

Agar siz yangi ko'katlar, mevalar va sabzavotlarni ko'p iste'mol qilsangiz, oqsillar va temir yaxshiroq so'riladi. Ularda chaqaloqning yurak va qon tomirlarining to'g'ri rivojlanishi uchun muhim bo'lgan C vitamini, rutin va folat kislotasi mavjud. Agar ishtahangiz bo'lmasa yoki bu mahsulotlarni iste'mol qilishni istamasangiz, har kuni belgilangan miqdorda sabzavot, meva va o'tlarni olaolmasligingiz mumkin. Bundan tashqari, saqlash va boshqa mamlakatlardan keltirilganda, mevalar asta-sekin vitaminlarining bir qismini yo'qotadi. Bu yurak hujayralarining faol bo'linishi uchun zarur bo'lgan folatlar (metafolin, folat kislotasi) haqida gap ketganda ayniqsa muhimdir.

Yurakka kaliy ham kerak, bu uning qisqarishiga yordam beradi. Shuning uchun, bu mineralga boy ovqatlarga e'tibor bering. Bu banan, brokkoli, bargli sabzavotlar, qaynatilgan kartoshka, loviyadir. Kaltsiy va magniyni yetarli darajada iste'mol qilish ham muhimdir. Ular nafaqat skeletning o'sishida, balki chaqaloq yuragining rivojlanishida ham muhim rol o'ynaydi. Tvorog, yogurt, pishloq, kefir yoki sut kabi sut mahsulotlarini muntazam ravishda iste'mol qilishni unutmang. Magniy don, yong'oq va dukkakli ekinlarda ko'p, bu ovqatlarni iloji boricha ko'proq ratsioningizga qo'shing.

Sizda har doim ham ovqatlanishning barcha tavsiyalariga rioya qilish imkoniyati yoki xohishi bo'lmaydi, ba'zi ovqatlar yoqmay qolishi, jonga tegishi mumkin (masalan, tvorog yoki ismaloq), boshqalari esa u yoki bu vitaminlarning kerakli sutkalik dozasini olish uchun juda ko'p iste'mol qilishni talab qiladi. Vitamin va mineral komplekslari har kunlik yetishmayotgan komponentlarning o'rnini to'ldirishga yordam beradi.

Ko'proq harakat qilishingiz kerakligini unutmang: faol bo'lganingizda, qoningiz kislorod bilan to'yingan bo'ladi, ya'ni chaqalog'ingiz yo'ldosh orqali ko'proq kislorod oladi. Sayr qiling, tez-tez bog'lar va hiyobonlarga tashrif buyuring. Bu nafaqat qonni qo'shimcha kislorod porsiyasi bilan to'yintirishga imkon beradi. Bu vaqtda siz chaqaloq bilan muloqotda bo'lishingiz, birgalikda o'tkazgan ajoyib daqiqalaringizdan bahramand bo'lishingiz, rejalar tuzishingiz va yaqinda uchrashishingiz haqida orzu qilishingiz mumkin.

Inson qalbi, shubhasiz, noyobdir. Uning tuzilishining shakllanishi va takomillashishi butun homiladorlik davrida sodir bo'ladi. Bu juda qiyin va ko'p vaqt talab qiladi, shuning uchun sog'lig'ingizni kuzatib borish va shu tariqa o'zingizga va bolangizga g'amxo'rlik qilish juda muhimdir.

Material Kovalenko Yevgeniy Aleksandrovich tomonidan tayyorlangan

Manbalar

  1. Sadler, T.W. (2012). Langman. Embriología Médica. Lippincott William s& Wilkins. P. 165.
  2. Patterson A.J., Zhang L.. Hypoxia and fetal heart development. Curr. Mol. Med. 2010 Oct;10(7):653-66. Review. PubMed PMID: 20712587; PubMed Central PMCID: PMC3075953.
  3. Taber, L.A., & Perucchio, R. (2000). Journal of Elasticity, 61(1/3), 165–197. doi: 10.1023/a:1011082712497
  4. N.N. Volodin - Neonatologiya. Milliy qo`llanma 2008
  5. Pregnancy: Stages of pregnancy. U. S. Department of Health and Human Services. URL: https://www.womenshealth.gov/pregnancy/youre-pregnant-now-what/stages-pregnancy
  6. Fernández, Patricia Martha (2002). Manual de biología del desarrollo. ManualModerno. P. 243

 

CH-20230227-54

Elevit Pronatal (Dorivor vosita) - Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud, qo‘llashdan avval mutaxassis bilan maslahatlashing

Elevit 1 trimestr (Biologik faol qo‘shimcha) – Dori vositasi bo`lib hisoblanmaydi.BFQ . Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar mavjud